HoReCa uchun xizmatlar va servislar
AKSESORIUZ
Aksesoriuz kompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi – restoranlar uchun mahsulotlar, eksklyuziv qadoqlash, korporativ biznes-suvenirlar va promo-sovg‘alar ishlab chiqarish. Buyurtmalar mijoz talabiga binoan sun’iy teri, yog‘och va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Har bir mahsulot yuqori sifat va mukammal aniqlik bilan ishlanadi.

O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritgan yillar davomida Aksesoriuz Korzinka, UzCard, WYNDHAM, HYATT, Crafers, Evos, RC Cola kabi yirik mijozlar bilan hamkorlik qilib, ularning ishonchini qozongan. Kompaniya restoranlar, yirik savdo tarmoqlari, davlat muassasalari va turli sohalardagi kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Beshyog‘och MFY, Besh-yog‘och, 1-tor ko‘cha, 9-uy.
Telefon raqam: +998 (99) 444 88 06.
E-mail | Veb-sayt
ESS HORECA (ECOLAB)
ESS HORECA kompaniyasining asosiy ish strategiyasi – mijozning ehtiyojlarini tushunish va har qanday byudjetga mos keladigan eng maqbul yechimlarni taklif qilish.

ESS HORECA bilan ishlashda siz quyidagilarni qo‘lga kiritasiz:
• Zamonaviy professional oshxona va kirxona, har bir detalga alohida e’tibor qaratilgan va XASSP xalqaro standartlariga mos keladi.
• Narx va sifatning ideal nisbati.
• Xodimlaringizni o‘qitish va qimmatli maslahatlar.

Kompaniyaning faoliyat sohalari:
• Sanoat oshxonalari va kirxonalari dizayni va loyihalash.
• Sotish, o‘rnatish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish.
• Mehmonxona sanoati va restoran biznesi uchun sanoat uskunalari va sarf materiallari ta’minoti.
• Professional tozalash vositalari (ECOLAB), gigiyenik qog‘oz mahsulotlari (FOCUS&PAPIA) va mehmonxona-restoran va oziq-ovqat sanoati uchun sarf materiallari ta’minoti.

Manzil: Toshkent shahri.
Telefon raqam: +998 (93) 181-14-29.
RESTOMARKET
Restomarket – O‘zbekistondagi Italiyadan kelgan professional kofe uskunalari va donlarining yetakchi distribyutori. Kompaniya HoReCa sohasidagi kichik va o‘rta bizneslar uchun to‘liq xizmatlar spektrini taqdim etadi, shu jumladan, lizing va servis tovarlarini yetkazib berish. Restomarket’ning maqsadi – mamlakatdagi kofe sanoatiga innovatsiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etish.

Manzil: Toshkent shahri, Fidokor ko‘chasi, 40-uy.
Telefon raqam: +998 90 008 34 00.
E-mail | Instagram| Телеграм | Sayt