O'zbekiston kollejlari va texnikumlari o'qituvchilari uchun seminar-trening
2023-06-20 09:54
Bugun, 20-iyun kuni The Elements mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi kollejlari va texnikumlari o‘qituvchilari uchun muhim tadbir boshlandi. Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan ularning malakasini oshirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirga ta’lim va mehmonxona xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, jumladan, Saksoniya iqtisodiyoti ta’lim markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Ainert taklif etildi. U oʻz taqdimotida Sakson iqtisodiyoti taʼlim markazi (bsw) va Oʻzbekiston mehmonxona xoʻjaliklari uyushmasining “UpGrade” xizmat koʻrsatish va mehmondoʻstlik boʻyicha taʼlim markazining yangi hamkorlik loyihasi haqida maʼlum qildi.
Shveytsariyaning VET4UZ loyihasi eksperti Gabriela Damian-Timoshenko ham so‘zga chiqdi. “Shveytsariyada mehmondo‘stlik va mehmonxona industriyasi” mavzusidagi taqdimoti doirasida O‘zbekiston Respublikasida mehmondo‘stlik sohasi jadal rivojlanayotganiga alohida to‘xtalib, Shveytsariya modeli asosidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Seminarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ishtirokchilar Toshkent shahrining eng yaxshi mehmonxonalariga tashrif buyurishlari va mehmonxonalarda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashishlari mumkin.
O‘qituvchilar qimmatli bilim va tajribaga ega bo‘ldilar, bu esa o‘quvchilarga bilimlarni samarali bo’lishish, shuningdek, mamlakatimiz turizm sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi.