Янгиликлар

Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tadigan B2B uchrashuvi mehmonxona sanoatining yetakchi mutaxassislarini birlashtiradi

2024-06-25 11:42
2024-yilning 26-28-iyun kunlari Namangan, Qo‘qon, Farg‘ona va Andijon shaharlarida “Farg‘ona vodiysida mehmondo‘stlik va servisni rivojlantirish: optimallashtirish va innovatsiyalar” mavzusidagi B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va jihozlar yetkazib beruvchilar, shuningdek, soha mutaxassislari ishtirok etadi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad viloyatda xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, zamonaviy texnologiyalar va mehmondo‘stlik standartlarini joriy etishdan iborat. Dasturda mehmonxona xizmatlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar taqdimotlari o‘rin olgan.

Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi koʻmagida Mehmonxonalar uyushmasi va xalqaro tashkilotlar. Hamkorlar: Aksesoriuz, United Sport Solutions, HDL Digital Solution Trade, Exely, Hotel Line.