O‘zbekistonda mehmonxonalar uchun standartlar qayta ko‘rib chiqildi
2023-08-29 16:12
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi va Turizmni rivojlantirish instituti mutaxassislari bilan birgalikda mehmonxonalar faoliyatiga qo‘yiladigan umumiy talablarni qayta ko‘rib chiqdi.
STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Turar joy. “Umumiy talablar” joriy yilning 11-noyabridan kuchga kiradi.
Standart talablari Hilton, Hampton by Hilton, Hyatt Regency Tashkent, Wyndham Hotels & Resorts mehmonxonalari vakillari bilan ham kelishilgan. Amaldagi standart (O‘z DSt 3220:2017) o'z kuchini yo'qotadi.