Янгиликлар

O‘zbekistonda mehmonxonalar uchun standartlar qayta ko‘rib chiqildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi va Turizmni rivojlantirish instituti mutaxassislari bilan birgalikda mehmonxonalar faoliyatiga qo‘yiladigan umumiy talablarni qayta ko‘rib chiqdi.

STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi O‘z DSt 3220:2023 “Turizm xizmatlari. Turar joy. “Umumiy talablar” joriy yilning 11-noyabridan kuchga kiradi.

Standart talablari Hilton, Hampton by Hilton, Hyatt Regency Tashkent, Wyndham Hotels & Resorts mehmonxonalari vakillari bilan ham kelishilgan.
Amaldagi standart (O‘z DSt 3220:2017) o'z kuchini yo'qotadi.

Batafsil:
https://uzbektourism.uz/news/view?id=2862

Hujjat: https://lex.uz/docs/-6568019