2024-yil 5 va 6-noyabr kunlari, ikki kun davomida "Crowne Plaza Tashkent" mehmonxonasida "Mehmondo'stlik sohasida gender tengligi va inklyuzivlik" bo'yicha trening-seminar o'tkazildi.
Tadbir O'zbekistondagi Helvetas Shveytsariya Intercooperation filiali tomonidan Vet4uz loyihasi doirasida O'zbekiston Mehmonxonalar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ishtirokchilar, mehmonxonalar bo'limlarining HR rahbarlari va menejerlari bo'lib, ular inklyuziv va qulay ish muhitini yaratish uchun gender tengligi va amaliyotining asosiy tamoyillarini muhokama qildilar. Birinchi kuni mehmonxona biznesi uchun gender tengligining nazariy asoslari va ahamiyatiga alohida e'tibor qaratildi. Ikkinchi kun esa, ishtirokchilar inklyuzivlik tamoyillarini amalda qo'llashga yordam beradigan amaliy holatlar va usullarni muhokama qilishdilar.
Trening yakunida barcha ishtirokchilarga ularning ishtiroki va yangi bilimlarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. O'zbekistonning mehmondo'stligi sohasida teng huquqli va inklyuziv muhitni rivojlantirishda faol ishtirok etgani va qo'shgan hissasi uchun barchaga minnatdorchilik bildiramiz!